HARBIY XIZMATCHILARNING FARZANDLARIGA TAVSIYANOMALAR TOPSHIRILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-3726-son qarori talablariga muvofiq 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar xodimlarining farzandlariga oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun besh foizli kvota hamda burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan xodimlarning farzandlariga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga tanlovsiz qabul qilinish to‘g‘risida tavsiyanomalar berilishi belgilangan. Harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, oilalarda ma’naviy-ruhiy holatni mustahkamlash maqsadida, 2023-yil 29-may kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida harbiy xizmatchilarning farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalarni topshirish marosimi o‘tkazildi. Tadbir davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i general-polkovnik K.Berdiyev mamlakatimizda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga alohida e’tibor ko‘rsatilayotganini ta’kidlab, Akademiyada xizmat qilayotgan 10 nafar harbiy xizmatchlarga tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi. Tadbir yakunida Akademiya Orkestr jamoasi tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi barchaga xushkayfiyat ulashdi. Akademiya Matbuot xizmati