AKADEMIYA TILLAR KAFEDRASI VA KURSANTLAR JAMOASI XALQARO KONFERENSIYA ISHTIROKCHILARI

2023-yil 26-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida 12 ta davlat harbiy mutaxassis vakillari hamda harbiy va fuqarolik oliy ta’lim muassasalari, tadqiqot markazlari yetakchi mutaxassislari ishtirokida “Harbiy sohada chet tillarni oʻqitishning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Yuqori saviyada tashkil etilgan mazkur xalqaro koferensiyada Akademiyamiz nomidan Tillar kafedrasi boshligʻi lmvb., podpolkovnik M.Badalbayeva hamda Akademiyaning 3- va 4-kurs kursantlarining 10 nafari faol qatnashdilar. Podpolkovnik M.Badalbayeva va kursantlar S.Xudoybaxshev, O.Baratov, A.Latifov, F.Azimovlar “Learning foreign languages through emergency situations” mavzusida ingliz va rus tillaridagi taqdimotli chiqishlari uchun Qurolli Kuchlar Akademiyasi rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar va esdalik sovgʻalar bilan munosib taqdirlandilar. Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya to‘plamida Tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Akademiya kursantlarining o‘ndan ortiq maqola va tezislari chop ettirildi. FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI AKADEMIYASI MATBUOT XIZMATI