AKADEMIYADA "FAVQULODDA VAZIYATLARDA KOMPYUTERLI MODELLASHTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI" MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida 2023-yil 30-may kuni Favqulodda vaziyatlarda kompyuterli modellashtirishning dolzarb muammolari va ularning innovatsion yechimlari mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Ilmiy-amaliy anjuman nazariy va ko‘rgazmali tarzda o‘tkazilib, Anjumanda O‘zbekiston milliy universiteti, FVV akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Qurolli kuchlar Akademiyasi, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt rivojlantirish ilmiy tadqiqot institutidan tashrif buyurgan mehmonlar hamda Akademiyaning professor-o‘qituvchilari va kursantlari qatnashdi. Ilmiy amaliy anjumanni Akademiya boshlig‘ining ilmiy va innovatsion ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik D.Xalmuxamedov ochib berdi. Anjumanning yakuniy qismida ma’ruzachilar bilan savol-javob o‘tkazildi, Akademiya kursantlari va Malaka oshirish fakulteti tinglovchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

Akademiya Matbuot xizmati