"Madad bo‘l" shiori ostida donorlik aksiyasi o‘tkazildi

Respublika aholisiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarini beg‘araz donorlik qon topshirish xayriya aksiyasida doirasida 2023-yil 26-may kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida ham "Madad bo‘l" shiori ostida donorlik aksiyasi o‘tkazildi. Mazkur aksiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida uyushqoqlik bilan tashkil etilib harbiy xizmatchilar va kursantlar ixtiyoriy ravishda qatnashib qon topshirdilar. Ushbu aksiyani tashkil etishdan maqsad tibbiy-ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash, bemor hayotini saqlab qolish, shuningdek, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini targ‘ib qilishdan iborat. Inson hayotini asrab qolish ko‘pincha qon quyish jarayoni bilan bog‘liq. Qon esa kimyo laboratoriyalarida ishlab chiqilmaydi, u inson organizmidagi bebaho ne’mat. Faqat yaxshi insonlarning yordami bilangina og‘ir ahvoldagi bemorlarni hayotga qaytarish, ularning umriga umr qo‘shish mumkin. Turli kasalliklar yoki baxtsiz hodisalar tufayli qonga muhtoj bo‘lgan bemorlarga hayot bag‘ishlash va ularning sog‘ayib ketishlariga hissa qo‘shishdek xayrli va savobli ishlarni kelgusida ham davom etirilishi maqsad qilib olindi.

Akademiya Matbuot xizmati