NAZARIYA VA AMALIYOTNING UYG‘UNLIGI

NAZARIYA VA AMALIYOTNING UYG‘UNLIGI

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-avgustdagi “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5241-son Qaroriga muvofiq, ta’lim muassasalarini ishlab chiqarish sohalari bilan faol hamkorlik qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasining o‘quv dasturlari va belgilangan dars jadvallariga asosan, maskan amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.
  Akademiyaning 5-batalon kursantlari bilan Toshkent shahar hududida joylashgan madaniy tomosha va ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan maskanlar, shahar va qishloq aholi turar-joy binolari hamda yuqori qavatli binolarning xususiyatlari hamda favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar sodir bo‘lganda ularni bartaraf etish, insonlarni hayotini saqlab qolish, evakuatsiya qilish, moddiy va ma’naviy boyliklarni saqlab qolish bo‘yicha “IT PARK”, “NEST ONE”, “Xalqlar do‘stligi san’at saroyi”, “Turkiston sanat saroyi”, “A.Navoiy nomidagi Davlat akademik katta drama teatri”larida kafedra professor-o‘qituvchilari polkovnik A.Tishabayev, mayor M.Boyxurozov, mayor I.Xajiyevlar tomonidan amaliy maskan mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
  Mashg‘ulot davomida mayor M.Boyxurozov va mayor I.Xajiyevlar hamda tashkilot mutaxassislari tomonidan kursantlarga yong‘in o‘chirish, yong‘in vaqtida kuch va vositalarni boshqarish, yong‘inni o‘chirishda maskanda mavjud bo‘lgan kuch va vositalardan samarali foydalanish, sodir bo‘lgan yong‘inlarni tez va qisqa muddatda o‘chirish borasida batafsil tushunchalar berildi.

Akademiya axborot xizmati