QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR!

QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR!

    Akademiya Bosh yuriskonsulti Adliya katta leytenanti Oybek Parpiyev tomonidan Akademiya harbiy xizmatchilariga O‘zbekiston Respublikasining Qonunchiligidagi yangiliklar hamda o‘zgarishlar shu bilan birga davlatimiz rahbarining farmon qarorlari va farmoyishlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyruqlarining mazmun-mohiyati ma’lumotlar berildi.
    Jumladan, Adliya katta leytenanti Oybek Parpiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021-yil 1-dekabrdagi PF-33-son Farmonining hamda Favqulodda vaziyatlar vazirining 2021-yil 10-dekabrdagi buyrug‘iga binoan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasining “Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma’muriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-734-son Qonunining mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirib o‘tdi.


Akademiya Matbuot xizmati