
BILIMLAR BELLASHUVI
Yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy bilimlarini yanada mustahkamlash, intellektual salohiyati, kasbiy, siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz, tarixiy-ma’naviy merosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akdemiyasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda turli intellektual o‘yinlar va tanlovlar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.
Jumladan, 2023-yilning 13-sentabr kuni Akademiyaning ma’naviyat va ma’rifat markazida Akademiya kursantlari o‘rtasida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Tadbirda Zakovat nodavlat-notijorat tashkiloti mas’ul xodimlari, Akademiya harbiy xizmatchilari va kursantlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Yuqori saviyada qiziqarli bahs-munozalarga boy tarzda tashkil etilgan intellektual o‘yinda Akademiya harbiy xizmatchilari va kursantlaridan tarkib topgan 8 ta jamoalar ishtirok etishdi. Mazkur intellektual o‘yinini Zakovat nodavlat-notijorat tashkiloti mas’ul xodimi Muhiddin Usmonov tomonidan shaffof va odilona baholab borildi va intellektual o‘yin natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni 5-bosqich kursantlaridan tashkil topgan “Bitiruvchilar” jamoasi, 2-o‘rinni 3-bosqich kursantlaridan tashkil topgan “Zukkolar” jamoasi va 3-o‘rinni 2-bosqich kursantlaridan tashkil topgan “Temurbeklar” jamoasi qo‘lga kiritishdi.
Tadbir yakunida tashkilotchilar tomonidan sovrinli o‘rinlarni egallagan jamoalarga diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.
Farhodjon XOJAYEV,Akademiya katta
o'qituvchisi, mayor.
o'qituvchisi, mayor.