YОNG‘IN XAVFSIZLIGI INSTITUTIDA «KONSTITUSIYА BILIMDONI» TANLOVI O‘TKAZILDI


YОNG‘IN XAVFSIZLIGI INSTITUTIDA «KONSTITUSIYА BILIMDONI» TANLOVI O‘TKAZILDI

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 8 dekabr' kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutining «Ma'naviyat va ma'rifat» markazida 2, 3, 4 va 5 - bosqich kursantlari o‘rtasida «Konstitusiya bilimdoni» mavzusida tanlovi o‘tkazildi.

   Hakamlar hay'ati raisi Institut boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Abduazim Axmadxodjaev tadbirni ochib, o‘z so‘zida tanlovning asosiy maqsadi, asosiy qonunimiz hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 27 yilligini munosib nishonlash bilan bir qatorda Institut kursantlarining «Huquqshunoslik. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi» fani bo‘yicha olgan bilimlarini sinash, iqtidorli yoshlarni aniqlash va saralab olish, yoshlarni jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish hamda Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, n'analarimiz, tarixiy-ma'naviy merosimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat ekanligini alohida ta'kidlab, tanlov ishtirokchilariga omad tilab, hakamlar hay'atidan jamoalarni adolatli mezonlar asosida baholashni ta'kidlab o‘tdi.

    Nizomga asosan tanlovda har bir jamoadan besh nafardan iborat bo‘lgan to‘rt jamoa ya'ni, 2-kursning «Konsensus» jamoasi,     3-kursning «Huquqshunoslar» jamoasi, 4-kursning «Yosh yuristlar» jamoasi hamda 5-kursning «Adolat» jamoalari «Tanishuv», «Tezkor savol-javob», «Muammoli vaziyat» va «Erkin mavzu» shartlari bo‘yicha bellashishdi.

    Tanlov jamoalar o‘rtasida qizg‘in va qiziqarli tus olib, ishtirokchilarni olqishlari sadosida yuqori saviyada tashkil etildi. Barcha shartlar bo‘yicha hakamlar hay'ati adolatli baholab borishdi va tanlov natijalari yakuniga ko‘ra, barcha shartlar bo‘yicha mutloq g‘olib jamoa sifatida birinchi o‘rin «Adolat» jamoasiga, Ikkinchi o‘rinni «Huquqshunoslar» jamoasiga, uchinchi o‘rin «Yosh yuristlar» jamoasiga berildi. tadbirda faol ishtirok etgan jamoalar Institut rahbariyatining turli darajalardagi diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

   - Institut kursantlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur yo‘nalishlardagi huquqiy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarning tashkil etilishi zamirida yoshlarimizning huquqiy bilimlari, dunyoqarashlari, ma'naviyati, tafakkuri va ilmiy-ijodiy qobiliyatlari va intellektual salohiyatlarini oshirishda munosib xizmat qilib kelmoqda deydi – Kadrlar boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari mayor Jo‘rabek Murodov.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi 
 Yong‘in xavfsizligi instituti
 matbuot xizmati