
TA’LIM RIVOJINING ASOSIY OMILI – SIFATLI TA’LIM JARAYONIDIR
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadyuirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarori talablaridan kelib chiqib, yangi O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor o‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida o‘quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish, o‘quv jarayonini o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlash, professor-o‘qituvchilarning kasb mahoratini oshirish, meyoriy-huquqiy va moddiy-texnik bazani mustahkamlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Shuningdek, respublikamizning yetakchi turdosh oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida o‘quv, ilmiy-tadqiqot va boshqa yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan bir qator turdosh oliy ta’lim tashkilotlarining ko‘p yillik pedagogik tajribaga hamda ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilari tomonidan Akademiya professor-o‘qituvchilarining zamonaviy pedagogik tajribalarini yanada oshirishlari va samarali hamkorlik qilishlari uchun master-klass mashg‘ulotlari yuqori saviyada o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, O‘zbekistonda oliy ta’lim jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, ta’lim tizimidagi aniq va tabiiy fanlar hamda mutaxassislik fanlaridan o‘tkazilayotgan dars jarayonlarida virtual laboratoriya ishlarini bajarish, kompyuter dasturlarini yaratish va undan mashg‘ulotlardan samarali foydalanish hamda axborot almashishning zamonaviy usullarini o‘rganishdan maqsadida, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti dotsenti Xamidov Voxid Sobirovich tomonidan “Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi” mavzusidagi master-klass mashg‘uloti o‘tkazildi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, shuningdek, yong‘in xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini sifatli tashkil etishga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Ta’kidlash joizki, Akademiyaning professor-o‘qituvchilari “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari”da muvaffaqiyatli malaka oshirib, tegishli sertifikatlarga ega bo‘ldilar. Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalari harbiy xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda Respublikamizdagi korxona, tashkilot, muassasa va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning rahbar, muhandis-texnik va yong‘in xavfsizligi uchun javobgar shaxslarini “Yong‘in xavfsizligi asoslari” kursida o‘qitish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, o‘tgan o‘quv yili davomida Favqulodda vaziyatlar tuzilmalari xodimlari bilan jami 16 ta o‘quv yig‘inlari o‘tkazildi va mazkur o‘quv yig‘inlarida 600 nafarga yaqin harbiy xizmatchilar o‘qitilgan bo‘lsa, respublikamizdagi korxona, tashkilot, muassasa va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning rahbar, muhandis-texnik va yong‘in xavfsizligi uchun javobgar shaxslarini “Yong‘in xavfsizligi asoslari” kursida o‘qitish ishlari amalga oshirildi hamda 1000 nafarga yaqin tinglovchilar o‘qitildi va tegishli namunadagi sertifikatlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi bir qator nufuzli xorijiy davlatlar ya’ni, Belarus Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikalarining turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan imzolangan memorandumlar asosida Akademiya professor-o‘qituvchilari xalqaro, respublika va ta’lim tashkilotlari miqyosida o‘tkazilayotgan ilmiy, ilmiy-amaliy anjumanlar va seminarlarda o‘zlarining ilmiy maqola va tezislari hamda ma’ruzalari bilan faol ishtirok etishmoqda.
Jumladan, 2022-yilning 10-12-yanvar kunlari Buyuk Britaniya Hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarni rejalashtirish kolleji tomonidan “Inqirozni boshqarish” mavzusida videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan o‘quv kursida FVV Akademiyasining 6 nafar professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. O‘quv kursi yakunida ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan sertifikatlar topshirildi.
Shu bilan birga 2022-yilning 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi vakillari Ozarbayjon Respublikasi FVV Akademiyasi tomonidan “Гражданская оборона в современних условиях: проблеми и перспективи” mavzusida Butunjahon fuqaro muhofazasi kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan xalqaro onlayn seminarda ishtirok etdilar. Akademiya kafedralari tomonidan turdosh Oliy ta’lim tashkilotlari hamda sohaga tegishli korxonalar bilan 50 taga yaqin shartnoma va memorandumlar tuzilgan.
Muxtasar qilib aytganda, o‘quv jarayonini zamonaviy pedagogika va axborot-kommunikatsion texnologiyalar yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida sifatli tashkil etish hamda jahon tajribalarini mukammal o‘rganish va amaliyotda qo‘llash oqali, yoshlarimizni chuqur bilim, ko‘nikma va yuqori malakali kadrlar bo‘lib yetishishlarida ulkan imkoniyatlar yaratgan bo‘lamiz.
Furqat NAZAROV,O‘zbekiston Respublikasi FVVAkademiyasi O‘quv jarayonini
tashkillashtirish vamuvofiqlashtirish bo‘limi
boshlig‘i, podpolkovnik.
tashkillashtirish va
boshlig‘i, podpolkovnik.