“MENING KАSBIM - MENING FАXRIM!”

“MENING KАSBIM - MENING FАXRIM!”

    Oʼzbekiston Respublikasi FVV Аkademiyasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilganligining yigirma besh yilligiga bagʼishlab sport musobaqalaridan koʼzlangan maqsad, “Mening kasbim - mening faxrim!” shiori ostida boʼlib oʼtgan musobaqalarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasi harbiy xizmatchi va kursantlarining jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʼullanishi, sport musobaqalari orqali yoshlarda oʼz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga boʼlgan ishonchni mustahkamlash, mardlik hamda vatanparvarlik, Ona-Vatanga sadoqat tuygʼularini kamol toptirish, oʼz kasbiga boʼlgan faxr tuygʼularini shakllantirishdan iborat.
  Sport musobaqalarining 6 turi “Ishgʼol qilish narvonidan oʼquv minorasining 4-qavatiga koʼtarilish”, “Uch tirsakli suruluvchi narvondan oʼquv minorasining 3-qavatiga koʼtarilish”, “Stol tennisi”, “Badminton”, “4x100m ga АKM avtomati bilan estafetali yugurish” va “Mini futbol” turlari boʼyicha Аkademiya harbiy xizmatchilari va kursantlari oʼzaro kuch sinashdilar.
  Qizgʼin va murosasiz 10 kun davom etgan musobaqa natijalariga koʼra “Ishgʼol qilish narvonidan oʼquv minorasining 4-qavatiga koʼtarilish” turi boʼyicha umumiy natijalarga koʼra 1-oʼrinni 3 kurs kursantlari egaladi, 2 kurs kursantlari ikkinchi oʼrinni, hamda 3 kurs kursantlar jamoalari esa faxrli uchinchi oʼrinni qoʼlga kiritishdilar. Ushbu turning shaxsiy natijalariga koʼra 5 kurs kursanti Doniyor Yusupov 16.40 soniya natija koʼrsatib birinchi oʼrinni, 4 kurs kursanti Ilxom Temirov 16.52 soniya natija bilan ikkinchi, hamda 3 kurs kursanti Farrux Xamidov 16.95 soniya natija bilan uchinchi oʼrinni egalladilar. “Uch tirsakli suruluvchi narvondan oʼquv minorasining 3-qavatiga koʼtarilish” turi boʼyicha umumiy natijalarga koʼra 5 kurs kursantlari 1 oʼrinni, 2 kurs kursantlari ikkinchi oʼrinni va 3 kurs kursantlari uchinchi oʼrinni qoʼlga kiritishdi.
   “Stol tennisi” turi boʼyicha yakkalik bahslarda 4 kurs kursanti Toʼlqin Tursunov birinchi, 4 kurs kursanti Shohjaxon Shodiev ikkinchi, hamda 3 kurs kursanti Sherzod Karimov uchunchi oʼrinnii qoʼlga kiritdilar. “Badminton”, turi boʼyicha yakkalik bahslarda 4 kurs kursanti Аziz Qudratov birinchi oʼrinni, katta leytenant Elyor Murodov ikkinchi, hamda polkovnik Choriyor Xujanov uchinchi oʼrinni egalladi. Juftlik baxslarida esa polkovnik Choriyor Xujanov, katta leytenant Elyor Murodov jamoasi birinchi, katta leytenant Rustam Choriev, hamda katta leytenant Jasur Yarbekov juftligi ikkinchi oʼrinni, 3 kurs kursantlari Gʼolib Boltaev, hamda Baxridin Boxromovlar jamoalari faxrli uchinchi oʼrinni qoʼlga kiritishdi. “4x100m ga АKM avtomati bilan estafetali yugurish” turi boʼyicha 4 kurs kursantlari jamoasi 1.29 soniya natija bilan birinchi oʼrinni, 1.37 soniya natija bilan 3 kurs kursantlari jamoasi ikkinchi oʼrinni va 5 kurs kursantlari 1.47 soniya natija bilan uchinchi oʼrinni egalladilar.
   “Mini futbol” turlari boʼyicha Аkademiya harbiy xizmatchilari va kursantlari oʼrtasida boʼlib oʼtgan qizgʼin oʼyinlar yakuniga koʼra boshqarma 1 jamoasi uchinchi oʼrinni, 3 kurs kursantlari ikkinchi, 4 kurs kursantlari jamoasi tengsiz hisoblanib birinchi oʼrinni egalladilar.
  Qiziqarli va koʼtarinki ruhda boʼlib oʼtgan musobaqalarning yakuniy natijalariga koʼra, Аkademiya rahbariyati tomonidan musobaqada faol ishtirok etib, gʼolib va sovrindorlarlikni qoʼlga kiritgan bir guruh Аkademiya harbiy xizmatchilari va kursantlari diplomlar, medallar, hamda qimatbaho sovgʼalar bilan taqdirlandilar.


Jasur YARBEKOV,
Oʼzbekiston Respublikasi
FVV Аkademiyasi
“Harbiy va jismoniy tayyorgarlik”
kafedrasi oʼqituvchisi,
katta leytenant.