“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI AMALDA
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI AMALDA
Davlatimiz rahbari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi e’lon qilinganidan so‘ng mamlakatimizda loyiha doirasida turli xil daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari kengayib bormoqda. Ushbu jarayonga Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi ham o‘zining munosib hissasini qo‘shib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bir qator tadbirlarni o‘tkazib kelmoqda.
Jumladan, bugun FVV Akademiyasining bir guruh harbiy xizmatchilari va kursantlari ishtirokida Toshkent shahar Yangihayot tumani Yangi gulzor mahalla hududida keng qamrovli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Bir necha gektarli yer maydoni tekislanib, shudgor qilinib, mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib, ushbu joyda sakkiz yuz tupdan ortiq manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. Akademiya jamoasi tomonidan bunday xayrli tadbirlar boshqa hududlarda ham muntazam amalga oshirib kelinmoqda.
Akademiya axborot xizmati



