АKАDEMIYA KURSАNTLАRI MАDАNIY HORDIQ CHIQARISHMOQDА

АKАDEMIYA KURSАNTLАRI MАDАNIY HORDIQ CHIQARISHMOQDА

    Mamlakatimizda yoshlarning ijtimoiy-maʼnaviy bilimlarini yanada mustahkamlash va amaliy koʼnikmalarini rivojlantirish, ularning mamlakatimiz ijtimoiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yuzasidan yaqindan tanishtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish hamda yoshlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, anʼanalarimiz, tarixiy-maʼnaviy merosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, sogʼlom turmush tarzini targʼib etish, ularning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijodiy salohiyati va ularning oʼz iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratishga alohida eʼtibor qaratilgan.         
      Maʼlumki, mustaqil diyorimizda “30 iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan har yili oʼtkazilib kelinayotgan “Yoshlar oyligi” doirasidagi maʼnaviy maʼrifiy tadbirlar yoshlarimizning intellektual salohiyatlarini, isteʼdod va qobiliyatlarini roʼyobga chiqarishlari hamda barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishlari uchun davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan keng imkoniyatlar yaratib berilgan.
   Jumladan, joriy yilning 27 iyun kuni Oʼzbekiston Respublikasi FVV Аkademiyasining “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazida Oʼquv kurslari kursantlaridan iborat “Quvnoqlar va zukkolar” koʼrik tanlovi gʼoliblari boʼlgan “FIREMAN” jamosining kontsert dasturi namoyishi boʼlib oʼtdi. Tadbirda Аkademiyaning professor-oʼqituvchilari, harbiy xizmatchilari va kursantlari ishtirok etdi.
   Tadbir davomida Аkademiya kursantlari tomonidan aksariyat insonlar yoki tengdoshlari hayotida uchrab turadigan koʼplab muammo va kamchiliklar yumorga olinib, zoʼr mahorat bilan ijro etildi. Аyniqsa, “FIREMAN” jamoasi talqinida namoyish etilgan “Toʼy tadbiri” sahna koʼrinishi hamda yosh estrada xonandasi Sardor Tairov tomonidan ijro etilgan “Hasratim bor” nomli taronaga “FIREMAN” jamoasi tomonidan tayyorlagan videolavha barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.


Oʼzbekiston Respublikasi 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi 
Аkademiyasi Matbuot xizmati