AKADEMIYA KURSANTLARI “YANGI NAFAS YUGURISH SPORT MUSOBAQASIDA FAOL QATNASHDI

AKADEMIYA KURSANTLARI “YANGI NAFAS YUGURISH SPORT MUSOBAQASIDA FAOL QATNASHDI

       Joriy yilning 28-aprel kuni O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi tomonidan Yangi O‘zbekiston bog'ida “Yangi Nafas-Ekiden” ommaviy yugurish sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur sport musobaqada barcha kuch tuzulmalarining harbiy xizmatchilari va oliy harbiy ta’lim bilim yurti kursantlari ishtirok etdi. Kuch tuzulmalari o‘rtasida umumiy 13 ta jamoa ishtirok etgan bo‘lsa FVV Akademiyasi jamoasi ushbu yo‘nalishda 5-o‘rinni egalladi. Oliy harbiy ta‘lim bilim yurti kursantlari o‘rtasida esa faxrli 2-o‘rinni egalladi.
   Hozirgi vaqtda Akademiya terma jamoasi a’zolari may oyida bo‘ladigan “Men G‘olib” vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Akademiya axborot xizmati.