JASORAT - MILLAT G‘URURI VA IFTIXORI

JASORAT - MILLAT G‘URURI VA IFTIXORI

     Tinchlik va ijtimoiy hamjihatlikni asrash, mustaqillikni mustahkamlash hamda barqaror rivojlanish yo‘lida borayotgan Yangi O‘zbekistonda el-yurt ozodligi uchun kurashgan ota-bobolar xotirasini yod etish ulug‘ an’ana hisoblanadi. Aslida bu ajdodlar oldidagi odamiylik burchi bo‘lishi barobarida yosh avlodni Vatanga, xalqqa muhabbat va sadoqat ruhida, jasur insonlar etib tarbiyalashga xizmat qilib, hushyor va ogoh yashashga da’vat etadi.
     Yurtimizda 9-may − Xotira va qadrlash kuni, bir so‘z bilan aytganda, ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga hissa qo‘shgan barcha mehnat va urush faxriylariga hurmat-ehtirom ko‘rsatish hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va qutqaruvchi xodimlarning xotirasini abadiylashtirish, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish maqsadida, 2024-yil 7-may kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida “Jasorat - millat g‘ururi va iftixori” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Faxriylar, harbiy xizmatchilar, kursantlar va yoshlar ishtirok etishdi.
    Tadbirda ishtirok etgan yoshlar bilan sportning shaxmat va shashka, mini futbol va bir qator turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Shuningdek, yoshlar tomonidan sahna ko‘rinishlari bilan bir qatorda, kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.

Firdavs KARIMOV,
FVV Akademiyasi
Ma’naviy-ma’rifiy va
tarbiyaviy ishlar bo‘limi
boshlig‘i kapitan.