60 YOSHINGIZ MUBORAK USTOZ!
60 YOSHINGIZ MUBORAK USTOZ!
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida uzoq yillar davomida xizmat qilib kelayotgan ustozimiz polkovnik Xo‘janov Choriyor Ro‘ziyevich 60 yoshni qarshi olganliklari bilan Vazirlik va Akademiya jamoasi nomidan samimiy mubarakbod etamiz.
Ustoz hayotingizni el-yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida ona-Vatanga sidqidildan xizmat qilishga baxshida etgan insonlar safidan munosib o‘rin egallab, uzoq yillar mobaynida samarali xizmat qilib kelmoqdasiz. Ushbu quvonchli ayyomda ko‘p yillik rahbarlik lavozimidagi xizmatingiz, xususan Akademiyada jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk kadrlarni tayyorlash, ularning kasbiy va jangovar tayyorgarliklarini yanada kuchaytirish borasida amalga oshirayotgan ishlaringizni alohida qayd etib o‘tish joizdir. Sizdagi harbiy xizmatchilar uchun shaxsiy o‘rnak bo‘la oladigan talabchanlik, qonun ustivorligini doimo birinchi darajaga qo‘yish, xizmat vazifalarini ado etishga vijdonan yondoshishlik kabi ijobiy fazilatlaringizni barcha harbiy xizmatchilarga namuna sifatida ko‘rsatish mumkin.
Shuningdek, yosh harbiylarni Vatanga muhabbat, xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifalarni bajarishda Akademiya rahbariyatiga kamarbasta bo‘lib kelmoqdasiz. Sizni o‘ziga ustoz deb bilgan ko‘plab shogirdlaringiz Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi tizimlarida turli rahbarlik lavozimlarida xizmat qilib, yurtimiz tinchligi va barqarorligini taminlash borasida bor bilim hamda kuch-g‘ayratlarini safarbar etib, astoydil xizmat olib borishmoqda.
Ushbu quvonchli kunda eng samimiy ezgu tilaklarimizni bildirgan holda, Sizga uzoq umr, mustahkam sog‘lik-salomatlik, oilaviy baxt, tinchlik-hotirjamlik va yurtimiz osoyishtaligini ta’minlash yo‘lidagi ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz.
Farhodjon XOJAYEV,
FVV Akademiyasi katta
o‘qituvchisi, mayor.








