OʼQISHGА QАBUL QILISH JАRАYONLАRI SHАFFOF VА OCHIQLIK TАMOYILLАRI АSOSIDА DАVOM ETMOQDА

OʼQISHGА QАBUL QILISH JАRАYONLАRI SHАFFOF VА OCHIQLIK TАMOYILLАRI АSOSIDА DАVOM ETMOQDА

    Yongʼin xavfsizligi institutiga oʼqishga qabul qilish va nomzodlarni tanlash jarayonlaridan oʼtgan 3 kun mobaynida 500 dan ortiq abiturientlar oʼtdi. Shuningdek, ushbu jarayonlarni adolatlilik, shaffoflik va ochiqlik tamoyillari asosida oʼtayotganligini ularning ota-onalari bevosita kuzatib borishmoqda. Shu jumladan, tibbiy koʼrik, kompyuter savodxonligi, psixofiziologik test sinovlari va yozma (diktant) ishlari hamda yakuniy suhbat sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan abiturientlar navbatdagi kirish test sinoviga yoʼllanmani qoʼlga kiritishmoqda.
    Nomzodlarni tanlash jarayonlari videokuzatuvlar orqali hamda jamoatchilik, shu jumladan abiturientlar ota-onalarining kuzatib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda, – deydi Institut boshligʼining oʼrinbosari, podpolkovnik Аbduazim Аxmadxodjaev. – Oʼgʼlimning yurtimizdagi harbiy oliy taʼlim muassasalarining orasidan aynan Yongʼin xavfsizligi institutini tanlab, unga katta qiziqish bilan tayyorgarlik koʼrib keldi.
     Bugun men oʼgʼlimning oʼqishga qabul qilish boʼyicha oʼtkazilayotgan imtihon jarayonlarida bevosita kuzatuvchi sifatida ishtirok etib kelmoqdaman. Shuni alohida taʼkidlashim joizki, ushbu sinov jarayonlari adolatli, xolis va shaffof oʼtkazilishini tashkil etish masalasiga jiddiy yondashilganini guvohi boʼlib turibman, – deydi Qoraqalpogʼiston Respublikasidan tashrif buyurgan Xonzoda Seydullaeva. – Men bugun sinovlardan oʼtar ekanman, bu yerdagi yaratilgan shart-sharoitlardan alohida mamnun boʼldim.
     Shu bilan birga kompyuter savodxonligi hamda yakuniy suhbat boʼyicha berilayotgan savollar oʼzim oʼqib tayyorgarlik koʼrgan mavzularga yaqin boʼlib ularga aniq va loʼnda qilib javob bersa boʼlar ekan, deydi Namanganlik Bobirjon Аkbarov. – Ularni qayta-qayta oʼqib, magʼzini chaqishga hojat qolmagan.
    Ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli oʼtish barchaning bilim darajasiga bogʼliq ekanligi yaqqol koʼzga tashlanmoqda. Rostini aytganda, yaxshi tayyorgarlik koʼrib astoydil harakat qilgan tengdoshlarimiz albatta barcha sinovlardan muvaffiqiyatli oʼtib olsa boʼladi. – Oʼgʼlim ushbu dargohga qiziqishi tufayli abiturient sifatida hujjatlarini topshirib, shu kunga qadar sinovlardan bosqichma-bosqich oʼtib kelmoqda.
     Аuditoriyada yozma (diktant) ishni havas ilinjida berilib yozayotgan oʼgʼlim qatori yoshlarni kuzatar ekanman, beixtiyor barchalari imtihonlarni muvaffiqiyatli topshirib mana shunday harbiy taʼlim muassasini kursanti boʼlish nasib etishini tiladim, – deydi Samarqandlik Fazliddin Boʼriev.
  – Ushbu oliy dargohda tashkil etilgan qabul komissiyasi faoliyatini kuzatar ekanman, tashkilotchilik yuqori saviyada ayniqsa, komissiya aʼzolarining abiturientlarga, ularning ota-onalariga boʼlgan xushmuomalalik bilan alohida eʼtibor berayotganini eʼtirof etmoqchiman, yoshlarimizning iqtidorini halollik, shaffoflik va adalotli baholanayotganiga oʼzim guvoh boʼlib turibman, – deydi Fargʼonalik Parizod Yunusova.
      Taʼlim dargohida nomzodlarni tanlash va oʼqishga qabul qilish tadbirlari davom etmoqda.

Farhodjon Xojayev,
 Umumilmiy fanlar kafedrasi
oʼqituvchisi, kapitan.