YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!

YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!

      Mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida respublikamizning barcha hududlarida keng bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
     Yangi O‘zbekiston tarixidagi buyuk va shonli sana – Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramini xalqimiz katta shod xurramlik bilan kutib olmoqda. Muhtaram Prezidentimizning tegishli farmonlari bilan davlatimiz mustaqilligining 32 yilligi arafasida jamiяtimizning turli soha va tarmoqlarida fidoyilik ko‘rsatayotgan bir qator vatandoshlarimiz e’tirof эtilib, davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar.
   Shu jumladan, Favqulodda vaziяtlar vazirligi tizimida ham xizmat qilib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilar davlat mukofotlari bilan taqdirlanishdi. Mana shunday bayram shukuhi bilan FVV Akademiyasida 2023-yilninng 31-avgust kuni “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida yuqori saviyada tashkil etilgan tadbir tantanali bayram dasturxoniga ulanib ketdi.
     Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Akademiya boshlig‘ining tegishli buyruqlariga asosan, bir guruh Akademiya harbiy xizmatchilari ko‘krak-nishon, faxriy yorliq va pul mukofotlari hamda navbatdagi harbiy unvonlar bilan tantanali taqdirlandilar.
   Tadbirni Akademiya boshlig‘i general-polkovnik Qobul Berdiyev kirish so‘zi bilan ochib, Akademiyaning barcha harbiy xizmatchilari va xizmatchilarini bugungi jonajon Vatanimizning 32 yillik to‘yi bilan samimiy qutlab, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, yoshlarning ma’naviy salohiyati va kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish, ular qalbida vatanparvarlik, mardlik va fidoiylik tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, ushbu oliy dargoh nufuzini юksaltirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilar, harbiy xizmatchilar va barcha xodimlarga mukofotlar bardavom bo‘lishini tilab, Akademiyani ravnaqini yanada oshirish yo‘lida bir jamoa bo‘lib ulkan юtuqlarni zabt etish lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
     Shundan so‘ng Akademiyaning “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi boshlig‘i podpolkovnik Savriddin Najmiyev rahbarligidagi Orkestr jamoasi tomonidan ijro эtilgan jonajon Vatanimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilarida iliq taassurotlar qoldirdi.

Farhodjon XOJAYEV,
Akademiya katta
o‘qituvchisi, mayor.