YOSHLAR BILAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

YOSHLAR BILAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-401-son Qarori, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Akademiya boshlig‘ining tegishli topshiriqlariga asosan, joriy yilning 15-may kuni Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabida Akademiya harbiy xizmatchilari tomonidan “Mamlakatimizda xotin-qizlar ta’limini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha berilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
    Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi harbiy xizmatchilari, podpolkovnik Barno Yuldasheva, mayor Saodat Alimova, katta serjant Shaxnoza Karabayeva, katta serjant Gulchehra Abdurazakova, Yangihayot tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Zamira Topivoldiyeva, Yangihayot tumani Chorbog‘ mahalla Yoshlar yetakchisi Gavhar Suvonova, maktab o‘qituvchilari va yuqori sinf o‘quvchi qizlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
   Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan davlatimiz rahbarining “Bugungi farovon hayotimiz ham, yorug‘ kelajagimiz ham ayollarga bog‘liq. Agar xalqimiz bizdan rozi bo‘lishini xohlasak, avvalo, mo‘tabar onalarimiz, opa-singillarimiz uchun munosib turmush sharoitlari yaratishimiz kerak. Ona rozi bo‘lsa, oila rozi bo‘ladi, oila rozi bo‘lsa, jamiyat rozi bo‘ladi” deya aytgan so‘zlarini alohida e’tirof etildi.
    Shuningdek, xalqimiz tarixida buyuk allomalar, jahongir bobolarimiz qatorida, bunday insonlarni dunyoga keltirib, tarbiyalagan, ulug‘vor ishlarga ruhlantirgan fozila ayollar ham ko‘p bo‘lganligini, hozirda ham xotin-qizlarimiz farzand tarbiyasida, turli sohalarda, mahallalarda fidoyilik ko‘rsatayotganligini, mamlakatimizda xotin-qizlar ta’limini qo‘llab quvvatlash ularga yaratib berilayotgan ulkan shart-sharoitlar, hayotiy va amaliy tajribalar asosidagi misollar va yaratilayotgan imtiyozlardan unumli va oqilona foydalanish hozirgi kunning eng muhim talablaridan biri ekanligi xususida keng fikr-mulohazalar bildirildi. Yakunda ma’ruzachilar tomonidan yoshlarni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi. Muxtasar qilib aytganda, onalarni, ayol zotini e’zozlash el-yurtimiz uchun azal-azaldan ezgu qadriyat bo‘lib kelgan. Zero, ayol bir qo‘li bilan beshikni, ikkinchi qo‘li bilan dunyoni tebratadi. Uning mehnati bilan jamiyat to‘laqonli rivojlanadi, taraqqiy etadi.

 Akademiya axborot xizmati.