IQLIM O‘ZGARISHI BILAN BOG'LIQ FAVQULODDA VAZIYATLAR VA ULARNI OLDINI OLISH

IQLIM O‘ZGARISHI BILAN BOG'LIQ FAVQULODDA VAZIYATLAR VA ULARNI OLDINI OLISH

    Yashil iqlim jamg‘armasi, Birlashgan Millatlar Taraqqiyoti dasturi va O‘zgidrimet bilan hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda moslashuvning o‘tra va uzoq muddatli rejalashtirilishini olg‘a surish uchun sektorlarga tayangan milliy moslashuv rejasi” doirasida 6-7-may kunlari Toshkent shahrida “Iqlim o‘zgarishi va moslashish bo‘yicha” xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.
     Mazkur anjumanda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi “Umumkasbiy va umumilmiy fanlar” kafedrasi o'qituvchisi qishloq xo'jaligi fanlari doktori (PhD) kapitan Anvar Rustamov o‘zining “Iqlim o‘zgarishi bilan bog'liq favqulodda vaziyatlar va ularni oldini olish” mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi.

Akademiya axborot xizmati.