YOSHLAR- BIZNING KELAJAGIMIZ

YOSHLAR- BIZNING KELAJAGIMIZ

    Albatta, bola bu dunyo, hayot, millat davomchisi. Bolalar o‘z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadilar. Ko‘zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg‘och misolidir. Bu kunni aynan 1-iyun sanasida nishonlashi taklifi 1925-yili Shveytsariyaning Jeneva shahrida ilgari surilgan. 1950-yildan esa 1 iyun Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida butun dunyoda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanib kelinadi.
     Bugun yurtimiz bo‘ylab kelajagimiz egalari uchun turli konsert dasturlari, ko‘rgazmalar, sayillar, sport musobaqalari o‘tkaziladi. Istrohat bog‘lari esa bolalarning tabassumlari bilan go‘yoki mo‘j’izalar dunyosiga aylanadi. Ana shunday tadbirlardan biri 2024-yil 30-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida bo‘lib o‘tdi.
    Tadbirda Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi 30-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi. Tadbir yoshlari Akademiya hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng yoshlar uchun konsert dasturlari tashkil etildi. Tadbir so‘ngida tarbiyalanuvchilar uchun Akademiya Autsorser “Euro Asia сatering Global” xizmati tomonidan bayramona dasturxon tashkil etildi.

Akademiya axborot xizmati