MUSTAQILLIK – OLIY NE’MAT!
MUSTAQILLIK – OLIY NE’MAT!
Yangi O‘zbekistonda jonajon diyorimizning mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida bayram tadbirlari tantanali o‘tkazilmoqda. Jumladan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida ham 2022 yilning 31 avgust kuni “Mustaqillik – oliy ne’mat” mavzusidagi tantanali tadbir o‘tkazildi. Ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda Akademiya boshlig‘i so‘zga chiqib, harbiy xizmatchi kursantlarga mustaqillikning 31 yilligi davomida yurtimizdagi barqaror, tinch va osuda hayot, jamiyatimizdagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik kabi olijanob fazilatlarni, hayotiy haqiqatni asosiy va bosh g‘oya ekanligini alohida ta’kidlab, Favqulodda vaziyatlar vazirining bayram tabrigini va bayram munosabati bilan rag‘batlantirish buyruqlarini o‘qib eshittirdi.
Akademiya jamoasi Vazir va Akademiya boshlig‘ining tegishli buyruqlariga asosan, Akademiyaning bir guruh harbiy xizmatchilarining harbiy unvon olganliklari va pul mukofotlari bilan rag‘batlantirilganliklari bilan muborakbod etadi.
Akademiya Matbuot xizmati