“XORIJIY TIL” FANIDAN DAVLAT IMTIHONI O‘TKAZILDI

“XORIJIY TIL” FANIDAN DAVLAT IMTIHONI O‘TKAZILDI

        O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, joriy yilning 24-25-may kunlari Akademiyaning 4-batalyon kursantlarining xorijiy til fanidan egallagan bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
   Mazkur davlat imtihonida kursantlarning xorijiy til fanidan egallagan bilimlarini respublikamizning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Nizomiy nomidagi davlat pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasidan taklif asosida shakllantirilgan ilmiy darajalarga ega tajribali xorijiy til fani mutaxassislardan iborat komissiya tomonidan adolatli va shaffof baholab borildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, barcha kursantlar muvaffiqiyatli topshirdilar.


Akademiya axborot xizmati.