OCHIQ ESHIKLAR KUNI

OCHIQ ESHIKLAR KUNI

        Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida 2023-yilning 11-sentabr kuni “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Yangihayot tumanida joylashgan 2-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari, o‘qituvchilari, tuman faol yoshlari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
       Ochiq eshiklar kuni Akademiya hududi bo‘ylab tashkil etilgan ekskursiya tarzida ikki qismdan iborat bo‘ldi. Tadbirning birinchi qismida Akademiya professor-o‘qituvchilari va harbiy xizmatchilari tomonidan o‘quvchi va yoshlarga favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, yong‘in xavfsizligi qoidalari, isitish moslamalarining ishlashi, yong‘in sodir bo‘lgan paytdagi harakatlar va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik uchun ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yong‘in o‘chirish texnikalari, anjomlari hamda yong‘in-o‘chirish vositalari bilan maktab o‘quvchilari va yoshlarga yaqindan tanishtirildi. Mashg‘ulot so‘ngida o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga tashkilotchilar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Tadbirning ikkinchi qismida esa yoshlar Akademiya yangi o‘quv yilining olib borilish jarayonlarini katta qiziqish bilan kuzatib borishdi.
    Ekskursiya davomida yoshlar kursantlar tahsil olayotgan zamonaviy o‘quv sinf xonalari va labaratoriya xonalari hamda Axborot-resurs markazi bilan yaqindan tanishishdi va ushbu qiziqarli tashkil etilgan ochiq eshiklar kuni ularning qalblarida iliq taassurotlar qoldirdi.

Akademiya axborot xizmati