KURSANTLAR DAVLAT IMTIHONIDA

KURSANTLAR DAVLAT IMTIHONIDA

    O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2020-yil 6-fevral kunidagi “Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi bitiruvchilari bilan yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 47-son buyrug‘i talablariga muvofiq, 2024-yilning 23-may kuni ixtisoslik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiya sinovlarining birinchi kuni 5-batalyon 505-506-guruh kursantlari bilan o‘tkazildi.
    Ixtisoslik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini topshirayotgan kursantlar og‘zaki savol-javob tarzida bo‘lib, tegishli tasdiqlangan biletlar asosida savollarga javoblar berishmoqda. Sinov natijalariga ko‘ra, bitiruvchi kursantlar komissiya a‘zolari tomonidan adolatli baholanishmoqda. Akademiyada mazkur Ixtisoslik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiya sinovlari davom etmoqda.

Akademiya axborot xizmati